Maxfiylik siyosati
O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuni talablariga muvofiq
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Ro'yxatdan o'tishda Telegram identifikatori, telefon raqami, ism-familiya va login saqlanadi. O'qish jarayonida test natijalari, progress va to'lov tarixi qayd etiladi. O'qituvchilarning karta raqami faqat to'lovlarni amalga oshirish uchun saqlanadi va faqat administratorga ko'rinadi.
2. Ma'lumotlardan foydalanish
Ma'lumotlar faqat autentifikatsiya, kurslarga kirish, video darslarni Telegram orqali yetkazish, ota-onalar va o'qituvchilarga o'quvchining ruxsati bilan natijalarni ko'rsatish uchun ishlatiladi.
3. Saqlash va himoya
Parollar zamonaviy kriptografik xesh (Argon2) bilan saqlanadi, to'lov cheklari yopiq saqlash joyida turadi va faqat egasi hamda administratorga ochiq. Shaxsiy ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi (27¹-modda). Kirish sahifasidagi bot-himoya (captcha) Cloudflare Turnstile xizmati orqali ishlaydi: tekshiruv uchun brauzer va qurilma haqidagi texnik ma'lumotlar Cloudflare'ga yuboriladi.
4. Murojaat
Ma'lumotlaringizni o'zgartirish yoki akkauntni o'chirish bo'yicha FMK.uz Telegram botidagi Support bo'limi orqali murojaat qilishingiz mumkin.