Ommaviy oferta
Oxirgi yangilanish: 2026-yil
1. Umumiy qoidalar
Ushbu ommaviy oferta FMK.uz onlayn ta'lim platformasi orqali video darslar, test mashqlari, imtihonlar va musobaqalardan foydalanish tartibini belgilaydi. Platformada ro'yxatdan o'tish va balansni to'ldirish ushbu shartlarni to'liq qabul qilganlikni bildiradi.
2. Akkaunt va xavfsizlik
Har bir foydalanuvchiga bitta Telegram akkaunt va bitta telefon raqami bo'yicha yagona hisob ochiladi. Akkauntni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi; qoidabuzarlik aniqlanganda administratsiya hisobni bloklash huquqiga ega.
3. To'lov va obuna
Kurs va bo'limlar oylik obuna asosida foydalanuvchi balansidan xarid qilinadi. Obuna muddati tugaganda kontentga kirish yopiladi, biroq o'quvchining barcha natijalari va progressi saqlanib qoladi. Balansdan pul yechib olish nazarda tutilmagan; texnik xatolik holatlarida Telegram Support orqali murojaat qilinadi.
4. Mualliflik huquqi
Platformadagi barcha testlar, video ma'ruzalar va yechimlar mualliflar hamda FMK.uz mulkidir. Video darslarni yozib olish, nusxalash yoki tarqatish taqiqlanadi.